2-bosqich:
Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar uchun ularning sinflaridan kelib chiqib, matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan ZOOM dasturi orqali onlayn suhbat o‘tkaziladi:
5 sinf uchun – 5-6-oktabr
6 sinf uchun – 7-oktabr
7 sinf uchun – 8-oktabr
8-9 sinflar uchun – 9-oktabr.
5-6-sinflar baholash mezoni
Ikkinchi bosqich imtihonida matematika fanidan 2 ta nazariy va amaliy topshiriq beriladi (4 ball), ingliz tili fanidan 1 ta mavzu bo‘yicha o‘qish, tarjima qilish va mavzu doirasida savol-javob o‘tkaziladi (2 ball).
7-8-9-sinflar baholash mezoni
Ikkinchi bosqich imtihonida 7-sinf matematika, 8-sinf algebra va geometriya fanlaridan 2 ta nazariy va amaliy topshiriq beriladi (4 ball), Fizika fanidan o’quvchining nazariy bilimlarini sinash maqsadida 2ta savol beriladi (har bir savol 2 ball, 4 banddan iborat bo’lib jami 4 ball). Ingliz tili fanidan 1 ta mavzu bo‘yicha o‘qish, tarjima qilish va mavzu doirasida savol-javob o‘tkaziladi (2 ball). Har bir fan uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi.
2-bosqichga o’tgan o’quvchilarga shaxsiy Zoom manzil va imtihon vaqti sms tarzida yuboriladi.