14-yanvar- Vatan himoyachilari kuni

Biringiz oʻgʻilsiz, biringiz yorsiz

Biringiz inimsiz, ishda hamkorsiz

Ogʻirimiz yengil qilib doimo

Yaxshi hamki baxtimizga siz borsiz.

Ona yurtimiz doimo oʻzining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Mana shunday yigitlarimiz ota-onasi va oilasini, oʻzi yashayotgan yurt tuprogʻini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblashadi. Vatanimiz osmoni doimo musaffo boʻlishi uchun oʻz kuch-gʻayratini ayamaydigan mard yigitlarimiz baxtimizga omon boʻlishsin.

Yurtimizda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bayram sanasi mamlakatimizning barcha joylarida tantanali ravishda oʻtkazilmoqda. Shu sana munosabati bilan 14-yanvar kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ham Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligi hamda 14-yanvar- Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi. Besh muhim tashabbusdan biri boʻlgan Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan ikkinchi yoʻnalishi doirasida o’tkazilgan tadbirda maktab oʻquvchilari oʻzlarining kuy va qoʻshiqlar, turli xil chiqishlari bilan qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etishdi.

Leave a Reply