Joriy yilning 15-17-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida uchinchi “Ko‘ngilochar matematika” o‘quv-amaliy festivali bo‘lib o‘tadi va unda Muhammad Al-xorazmiy maktabning 8 nafar matematika fani o‘qituvchilari qatnashishi ko‘zda tutilgan.
Festivalning asosiy maqsadi bolalarga matematikaning mo‘jizalarini namoyish etish, uning juda ajoyib va qiziqarli fan ekanligini tushuntirib o‘tishdir. Festival maktab, litsey, kollej va boshqa barcha o‘quv yurt talabalari, matematika o‘qituvchilari, shuningdek ushbu fanni sevadigan va qiziqadiganlarning barchasiga qaratilgan. Festivalda 20 xil matematik stendlar namoyish etiladi. Toshkentdagi Inha universitetiga Janubiy Koreyaning turli o‘quv yurtlaridan 20 dan ortiq matematika o‘qituvchilari tashrif buyuradilar. Tadbir uch kun davom etadi va tadbir davomida Janubiy Koreyadan kelgan mehmonlar turli xil matematik masalalar va matematika sohasiga bog‘liq bo‘lgan bilimlari bilan o‘rtoqlashadi.
Tadbir 15 yanvar kuni soat 13.00 da Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi va barcha xohlovchilar uchun kirish bepul.