Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o’quvchilari “Artel Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda o’zaro tashriflarni amalga oshirishdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o’quvchilari 21-22 fevral kunlari “Artel Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda o’zaro tashriflarni amalga oshirishdi.

21-fevral IT maktabning iqtidorli o’quvchilari “Artel”kompaniyasiga tashrif buyurishdi. O’quvchilar kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Xususan, kompaniya rahbariyati bilan birgalikda, o’quvchilar zavodning har bir ishlab chiqarish bo’limlariga sayohat qilishib, u yerdagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mahsulotning tayyor bo’lguniga qadar bo’ladigan bosqichma – bosqich ish jarayonlari o’quvchilar qiziqishini o’stirdi va ularning keying faoliyatiga motivatsion turtki bo’ldi.

Kompaniya IT-zonasi hamda, yangi kreativ g’oyalar bo’yicha dasturlash tizimlari faoliyati kelajak dasturchilar e’tiboridan chetda qolmadi.

Bunday qiziqarli uchrashuv 22-fevral kuni, al-Xorazmiy maktabida Artel kompaniyasi rahbariyati tashrifi bilan davom etdi. Artel kompaniyasi bo’lajak dasturchilar bilan hamkorlikda ishlashga tayyorligi va ushbu yo’nalishda o’z o’rniga ega yoshlar kelajagimiz ishonchi ekanligini ta’kidlab o’tdilar. Bu kabi motivatsion uchrashuvlar o’quvchi yoshlarnining yana bir karra kelajak rejalari uchun dastur bo’lib xizmat qiladi.

_____________________________________________________________________________

Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Leave a Reply