Joriy yilning 21-yanvar kuni Janubiy Koreyalik bir qator professor-o‘qituvchilar Toshkentda yangi ochilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurib, uni faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ta‘lim sohasiga sarmoya kiritish muhim ahamiyat kasb etishini hisobga olgan holda vakillarimiz tomonidan kelgusida qo‘shma dasturlar tuzish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish taklifi berildi. Mehmonlar berilgan barcha takliflarni o‘rganib chiqish hamda ma’qul bo‘lsa tez orada yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Mazkur tashrifdan ko‘zlangan maqsad-IT maktab va Koreya Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish hamda kelgusida xalqaro loyihalarni amalga oshirishdan iborat.
