Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashgan maktabda onlayn “So’nggi qo’ng’iroq” bo’lib o’tdi.

Bugun, 25-may kuni maktab rahbariyati, direktor va bitiruvchilar bilan birgalikda onlayn So’nggi qo’ng’iroq bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida bitiruvchilar o’qituvchilardan kelajakdagi faoliyati uchun kerakli ko’rsatmalar oldilar va ularning murabbiylariga diplomlar topshirildi.
“Bugun biz noodatiy tarzda so’nggi qo’ng’iroqni o’tkazmoqdamiz, ammo bu kunni unutish uchun sabab emas. Bugun sizlar, 11-sinf o’quvchilari, katta hayotga qadam qo’yish ostonasida turibsiz. Men 2019-2020 o’quv yilining barcha bitiruvchilarini tabriklayman va sizlarga o’z reja va g’oyalaringizni amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! ” – dedi maktab direktori Hilola Umarova

Ma’lumot uchun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabda bitiruvchilar uchun o’ziga xos akselerator – “IT Career Centre” ochilmoqda. Ushbu tarzda maktab bitiruvchilari keyinchalik faoliyatlarida ham maktab bilan a’loqada bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladilar va maktab ularni turli AKT kompaniyalarda malaka oshirishini ta’minlab beradi.

Leave a Reply