Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktab o’quvchilari birinchi marotaba xalqaro texnologiya musobaqasining yarim finalida O’zbekiston nomidan ishtirok etadilar!

Technovation Girls xalqaro tanlovida O’zbekistonning 29 ta jamoasidan 5 nafari yarim finalga yo’llanma olishdi. Ulardan ikkitasi (Junior devision) – Mizash va Origami jamoalari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashgan maktabning o’quvchilaridan tarkib topgan. Mizash guruhining qizlari autizmli bolalarning rivojlanishiga yordam beradigan integratsiyalashgan ABA-terapiyasi bilan mobil o’yin ishlab chiqdilar. Origami jamoasi esa bolalarni kiberbullingni oldini olish uchun RoundEx dasturini ishlab chiqdilar.

Biz qizlarimizning muvaffaqiyatlari bilan faxrlanamiz va xalqaro maydonlarda ularga omad tilaymiz!

Leave a Reply