Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabda “O‘zbekiston pochtasi” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda “Yil fasllari” mavzusida maxsus pochta markalarini chop etish uchun bolalar ijodiy rasmlari respublika tanlovi ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni filateliyaga qiziqtirish va jalb etish, yangi syujetlar izlash, pochta markalari chop etilishiga jamoatchilik diqqatini jalb qilish maqsadida “O‘zbekiston pochtasi” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda 2020 yil 15 yanvardan 15 martgacha “Dunyo bolalar nigohida” maxsus pochta markalari turkumiga bag’ishlangan “Yil fasllari” mavzusida bolalar ijodiy rasmlari respublika Tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovga hammasi bo‘lib 2167 ta rasmlar kelib tushdi, ulardan 897 ta rasm Tanlov shartlariga rioya etilmaganligi sababli Tanlovdan olib tashlandi. Tanlov hayʼat aʼzolariga 1270 ta bolalar rasmlari taqdim etildi va g‘oliblar aniqlandi.

G‘olib bo‘lgan bolalar rasmlari asosida (1,2,3 va 4-o‘rinlar) “Yil fasllari” mavzusida maxsus pochta markalarining eskizlari “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlandi.

1-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashgan maktabda ushbu tanlovning eng sara rasmlar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi va g’olib rasmlar markalar uchun saralab olindi.

Leave a Reply