Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktab Belarusiyaning EPAM kompaniyasi bilan hamkorlikda o’z ish faoliyatini boshladilar.

Dunyodagi eng ilg’or dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Belarusiyaning EPAM kompaniyasi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT ixtisoslashtirilgan maktab o’qituvchilari veb-ilovalarni yaratish uchun zamonaviy yondashuvlar, texnologiyalar va vositalarga bag’ishlangan treningini boshlamoqda. Bu treningda: veb dasturlar borasida ma’ruzalar, amaliy topshiriqlar kabi trening mashg’ulotlari bo’lib o’tadi. Epam Insider xalqaro kompaniyasining asosiy maqsadi O’zbekistondagi IT-sohasi vakillari o’rtasidan yuqori malakali va yetuk murabbiylar – mentorlarni hamkorlikda tayyorlashdir.


Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati

Leave a Reply