Oʻzbekiston Respublikasi axborot va kommunikatsion texnologiyalar vazirligi IT Park, Artel Group, RevoTech, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorlikda “Future Skills Uzbekistan” respublikaviy tanlovi haqida maʼlum qiladi.
Tanlov ikki yoʻnalishda boʻlib oʻtadi:
- Muhandislik loyihalashtirish;
- Robototexnika.
Ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlarda oʻz loyihalarini taqdim qilishlari lozim boʻladi:
Muhandislik loyihalashtirish yoʻnalishlari:
▫️ Sanoatni avtomatlashtirish;
▫️ Qishloq xoʻjaligini (agrosanoat kompleksi) avtomatlashtirish;
▫️ Logistikani avtomatlashtirish;
▫️ Mashinasozlik;
▫️ Avtomobilsozlik;
▫️ 3D modellashtirish va prototiplashtirish.
Robototexnika yoʻnalishlari:
▫️ Tibbiyot robotlari;
▫️ Maishiy robotlar;
▫️ Manipulyatorlar;
▫️ Androgen robotlar;
▫️ Robosimulyatorlar.
Tanlov ikki bosqichga boʻlinadi. Birinchisi – saralash, 2020-yilning 15-avgustidan 15-sentyabriga qadar boʻlib oʻtadi. Ikkinchisi – final boʻlib, 2020-yilning 18-sentyabridan 20-sentyabrga qadar oʻtkaziladi.
Tanlovda 30 yoshgacha boʻlgan istalgan shaxs qatnashishi mumkin.
Kichik yoshdagi ishtirokchilar guruhi – 15 yoshgacha.
Katta yoshdagi ishtirokchilar guruhi – 30 yoshgacha.
Roʻyxatdan oʻtish 2020-yilning 24-iyulidan 1-sentabr (shu kuni ham) qadar quyidagi havola boʻyicha boʻlib oʻtadi: https://forms.gle/R2bYPGscjxDDyWPv6
👉 Tanlov haqida yanada batafsil maʼlumot: https://futureskills.uz/