“Raqamli O’zbekiston-2030 dasturini amalga oshirishda yoshlarning o’rni” onlayn konferensiyasi bo’lib o’tmoqda!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabida O’zLiDeP partiyasi tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Axborot-texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi, Yeoju texnika instituti, “Art Craft” kompaniyasi va boshqa tashkilotlar ishtirokida onlayn konferensiya davom etmoqda.

Konferensiya doirasida frilanserlik orqali yoshlar bandligini ta’minlash, “IT Park” lar faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, axborot texnologiyalari sohasidagi qonunchilikni yana-da takomillashtirish va raqamli ta’lim istiqbollari kabi mavzularda yoshlarning, qolaversa, soha vakillarining ilmiy maqolalari chop etilishi rejalashtirilgan.


Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati

Leave a Reply