O’quvchilar “Diplomacy education” dasturi doirasida O’zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi elchixonasida bo’lishdi.

Xabar berganimizdek, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o’quvchilari Italiyaning Rim shahrida bo’lib turishibdi .

O’quvchilar “Diplomacy education” dasturi doirasida O’zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi elchixonasida bo’lishdi.

Elchixonadagi uchrashuvlar davomida ular 4 ta guruhga bo’linib, BMT modeli tarzida tashkil etilgan 4 ta qo’mita – WFP, UNESCO, UNICEF va UNSC yig’ilishlarida ishtirok etishdi.

Yig’ilishlar quyidagi mavzularda bo’lib o’tdi:

“Ocharchilikni tubdan bartaraf etishda xususiy sektor va fondlar bilan hamkorlikni rivojlantirish”
“Rivojlanayotgan dunyoda ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida texnologiyalarni tadbiq etish”
“Xalqaro hamkorlik orqali kiberjinoyatni bartaraf etish”
“Raqamli dunyoda bolalar uchun mavjud bo’lgan xavf va imkoniyatlar”

Shuningdek, o’quvchilar uchun FAO – food and agricultural organization Green Garden bog’iga ekskursiya tashkil etildi.

Leave a Reply