MIRZO ULUG’BEK TANLOVINING G’OLIBLARI

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari “Mirzo Ulug’bek vorislari” Respublika tanlovining Toshkent shahar bosqichida loyihalarini taqdim qilib, Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-05 sinf o’quvchisi Yo’ldoshev Dilmurod maktabimizning “Infinity team ” tadqiqotchi guruhi bilan yasagan “Air-Dust” loyihasi bilan va Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o’quvchisi Abrorov Saidmurod “Choose and Build” loyihasi bilan g’alaba qozonishdi.

Iqtidorli yoshlar va ularning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qilish, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko’nikma va malakasini oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Mirzo Ulug’bek vorislari” Respublika tanlovi o‘tkazilmoqda.

Hozirgi kunga qadar “Infinity team” tarkibida sakkizta iqtidorli o’quvchilarimiz faoliyat olib bormoqda. Ularning portfoliosida “Wind-Generator” modeli, “Water-Rocket”, “Solar-Stove”, “Solar-Clock”, “Air-Dust”, “Air-Dust F2” loyihalari to’liq yakunlandi. Ayni damda jamoa a’zolari “Snow-Rain” va “W-Generator” loyihalari ustida tadqiqotlarni boshlab yuborganlar.

Leave a Reply