SCRATCH kurslari nihoyasiga yetdi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tassarufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilarining EPAM kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etgan SCRATCH kurslari nihoyasiga yetdi.

Bugun 23-may kuni kursni muvaffaqiyatli tamomlagan maktabimiz o’quvchilarining SCRATCH bo’yicha loyiha ishlari taqdimoti o’tkazildi.

Eslatib o’tamiz, mazkur kurslar EPAM metodikasiga asoslanib, 5-sinfdan yuqori sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan.

Birinchi tajriba-sinov darsida 5-sinf o‘quvchilariga mentorlar-Sohibov Doniyor va Sayfiddinov Sarvar mashg‘ulot olib borishdi.

Epam kompaniyasi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab hamkorligidagi ushbu loyihani kelgusida butun O’zbekiston bo’ylab ommalashtirish ko’zda tutilgan!

Tadbir so’ngida EPAM tashkilori tomonidan ishtrokchilar va mentorlaga esdalik sovg’alar va sertifikatlar topshirildi.

Leave a Reply