Inklyuziv IT oromgoh

“Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva «Zamin Education» loyihasi doirasida tashkil etilgan inklyuziv IT-oromgoh ishtirokchilari bilan uchrashib, ularni o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tugatganlari bilan tabrikladi.

Mazkur IT oromgoh “Zamin” xalqaro jamoat fondi va Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo’lib, bu yerda 5 kun davomida ishtirokchilar dasturlash va robototexnikani o‘rganishdi, kompyuter ilovalarini yaratish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishdi.

Oromgoh yakuniga yetgani munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda www.zamineducation.uz IT-platformasidagi resurslar kontenti yanada kengaygani haqida e’lon qilindi.

Bu platforma IT sohasiga qiziquvchi yoshlarning axborot texnologiyalarini chuqurroq o‘rganishlari hamda sohadagi zamonaviy professional talablarga javob beradigan mutaxassis bo‘lib yetishishlariga yordam beradi.

Leave a Reply