Bugun, 25 may kuni Prezident ta‘lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9- va 11-sinflari ishtirokida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi. “Oq yo’l bitiruvchi” nomi ostida o‘tkazilgan bayram tadbiri yig‘ilganlarda unutilmas taassurot qoldirdi. Tadbirda Prezident ta‘lim muassasalari agentligi direktori o’rinbosari Ubbiyev Alisher Tairovich, Agentlik direktor maslahatchisi Karimova E‘zoza Gafurjanovna hamda faxriy ustozlar ishtirok etib, 11-sinf bitiruvchilarini katta hayotga ilk qadamlari bilan tabriklashdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda kuy-qo‘shiqlardan iborat bayram dasturi namoyish qilindi. O‘quv yilida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar hamda ustoz-murabbiylar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Yil davomida maktab madaniy va ma’rifiy tadbirlarda faol ishtrok etgan o’quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.