Markaziy Osiyo yoshlar forumi ishtirokchilari Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad ala-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bo’lishdi.
Forum ishtirokchilari maktabda o’quvchilarimiz tomonidan AKT bo‘yicha qilingan ixtirolar, maktab faoliyati va o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, tayyorlangan loyihalar, robototexnika fani bo’yicha metodik qo’llanmalar hamda maktab e-class platformasi bilan tanishdilar.
Markaziy Osiyo yoshlar forumida davlatlarining yoshlar siyosatiga masʼul idoralari va jamoat tashkilotlari rahbarlari, jahon va respublika fan olimpiadalari gʻoliblari, xalqaro toifali yosh shaxmatchilar, grossmeysterlar, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasi boʻyicha iqtidorli yigit-qizlar ishtirok etmoqda.