MUNOSIB MUKOFOT MUBORAK!

2021-2022-o’quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11- sinfini bitirayotgan o’quvchilar orasida oltin va kumush medallar sovrindorlarining borligi maktab pedagogik jamoasiga katta quvonch bag’ishladi.

Har bir bo’g’bon o’z bog’ining mevasini ko’rganda qalbi sururga to’lar ekan, ustoz ham shogirdlari qalbiga ekkan yaxshilik urug’i o’z samarasini berganda boshi ko’kka yetadi.

Maktabning 11-04-sinf bitiruvchilaridan Rixsiboyev Abdulaziz va Karimova Zilola maktabning eng a’lochi va faol o’quvchilari sifatida nom chiqarishgan. Ustozlar berayotgan har bir o’gitga amal qilib, ilm sirlarini egallashaga astoydil qilgan harakatlari besamar ketmadi. Har ikkisi maktabni oltin medal bilan imtiyozli tamomladi.

Kumush medalga sazovor bo’lgan o’quvchimiz Rixsiboyeva Muslima ham ixtisoslik fanlarini “a’lo” baholarga tamomladi!

Mustaqil hayot tomon dadil odimlayotgan bitiruvchilarimizga “Mukofotlar muborak bo’lsin!” deymiz!

Biz Siz bilan faxrlanamiz!

Leave a Reply