Joriy yilning 31-may kuni Yangi O’zbekiston universitetida Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Times Higher Education (THE) reyting agentligi ishtirokida seminarlar bo‘lib o‘tdi.
🖇 Seminar avvalida, Agentlik rahbari Hilola Umarova so’zga chiqib, oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirdi.
📌 Shundan so‘ng, Times Higher Education tashkilotining boshqaruv direktori Elizabet Shepard, tashkilotning Markaziy Osiyo/Sharqiy Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Lachin Italmazova tomonidan Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining rektor, prorektor va reytinglar bilan ishlashga ma’sul xodimlari uchun seminarlar tashkil etildi.