YANA BIR XUSHXABAR!

Yozgi ta‘til boshlanib, o‘quvchilar dam olish maqsadida turli oromgohlarga yo‘l olgan bo‘lsalarda, aksariyat o‘quvchilarimiz izlanib, o‘z bilimlarini oshirishdan bir muddat bo‘lsin to‘xtamayotgani ular ko‘zlagan maqsad sari yanada yaqinlashtirmoqda.

🇺🇿🇬🇧Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Uroqov Rustam ham shunday intiluvchan o‘quvchilarimizdan biri. U xalqaro IELTS sertifikatini 7.5 ball bilan qo‘lga kiritdi.

Rustam ko’plab tanlov va musobaqalarda ishtirok etib, muvaffaqiyatlarga erishganini e‘tirof etish joiz.

Shuningdek, u Education USA Academy Connects 2021 – Boston University bitiruvchisi sifatida;
oy Speakingdan mashg‘ulot olib boruvchi volontyor;
MFaktor volontyori;
🇺🇳Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modelining ishtirokchisi;
Oxiana Fellows-2022 bitiruvchisi hamda Target’ Debate Club a’zosi sanaladi.

Muvaffaqiyatlar muborak!
Yangi marralar sari olg‘a, Rustam!

Leave a Reply