YUTUQLAR BARDAVOM BO‘LSIN!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi Salohiddinov Sadriddin xalqaro IELTS sertifikatini 7.5 ball bilan qo‘lga kiritdi.

Sadriddin ko’plab tanlov va musobaqalarda ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan.

🇧🇬Shuningdek, u futbol bo’yicha Bansko(Bolgariya) cup 2017 – eng zo’r himoyachisi;
futbol bo’yicha Sochi cup-2016da birinchi o’rin sohibi;
Flex polufinalist;
2019 – yilda matematika fani bo’yicha tuman olimpiadasida 1-o’rin sovrindori;
2020 – yilda Xalqaro “AIMO” matematika fani olimpiadasida 1-o’rin g‘olibi;
Astrum hakatoni ishtirokchisi;
MGU o’tqizgan olimpiadada top 50 finalist;
Robocontest marafonda finalist bo‘lgan.
Har sohada faol bo‘lgan o‘quvchimizni ulkan yutuq bilan qutlaymiz.

Yangi muvaffaqiyat muborak bo‘lsin, Sadriddin!

Leave a Reply