IB dasturi

Hammamizga ma’lumki, Ixtisoslashtirilgan ta ’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda Xalqaro bakalavriat (IB) tashkiloti o ‘rtasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ta ’lim jarayonini xalqaro akkreditatsiya talablariga muvofiqlashtirish hamda akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g ‘risida shartnoma imzolangan.

Bizning oliy maqsad, maktabda  o‘quvchilar ongiga singdirib tarbiyalanayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayanib, tinchlik va umumbashariyat taraqqiyoti yo‘lida jahon miqiyosidagi global muammolarni raqamli texnologiyalar yordamida hal qila oladigan, 21-asr ko‘nikmalariga ega bo‘lgan komil, ajdodlariga munosib avlodni tarbiyalash.

Qadriyatlarimiz – insoniy axloqiy sifatlarni shakllantirish, go‘zallikni his qilish, jamiyatdagi barcha voqealarga o‘zining daxldorligini anglash, atrofda bo‘layotgan o‘zgarishlarga xolis va pozitiv munosabat bildira oladigan, quyidagi sifatlarni o‘zida jamlagan shaxsni kamol toptirish.

 •        Vatanparvar

•        Milliy anʼanalarga sodiq

•        Diniy bag‘rikeng

•        Madaniyatli

•        Intiluvchan

•        Izlanuvchan

•        Muhabbatli

•        Adolatli

•        Vijdonli

•        Hamjihat

•        Yaratuvchan

•        Ijtimoiy faol

•        Dunyoqarashi keng

•        Mulohazali

•        Kommunikativ

•        Kreativ

•        Qatʼiyatli

•        Innovatsion

•        Tanqidiy fikrlovchi

•        Tashabbuskor

•        Moslashuvchan