Akademik halollik

“Ta’lim berish va ta’lim olish akademik halollikni tushunishga va amaliyotda qo‘llashga yordam beradi” Dastur standartlari va amaliyotlari (S3, 4),

20-14 yil yanvar

1. Akademik halollik bo‘yicha maktab falsafasi (talablari)

Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi (keyingi o‘rinlarda MAKSS deb yuritiladi) Akademik halollikni IB falsafasi uchun muhim deb hisoblaydi va o‘quvchilarda shaxsiy halollik va akademik halollikka erishish orqali axloqiy mezonlarni egallash va tushunishga yordam beradi. Ushbu akademik halollik mezoni bizning o‘quvchilar jamoasi va maktab hamjamiyatiga akademik qadriyatlarni targ‘ib qilish va joriy etish uchun axloqiy kompas bo‘lib xizmat qiladi. Akademik halollikni targ‘ib qilish har bir o‘quvchining ta’limdan olgan malaka va ko‘nikmalarini namoyish etish orqali teng imkoniyatga ega ekanligini ta’minlaydi. Maktab jamoasining barcha a’zolari, o‘quvchilar, ota-onalar, o‘qituvchilar va ma’muriyatidan akademik halollik va shaxsiy halollik qoidalariga rioya qilishlari talab etiladi. MAKSS akademik halollik tamoyillariga rioya qilish va intellektual mulkni hurmat qilish uchun Akademik halollik mezonlarini ishlab chiqdi.


Ushbu mezon


● maktab jamoasining barcha a’zolari akademik halollik tamoyillarini tushunishini ta’minlaydi;

● o‘quvchilar ishlariga mualliflik huquqini himoya qilishni kafolatlaydi;

● IB Learner Profile atributi tomonidan targ‘ib qilingan akademik halollik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydi, ya’ni o‘quvchilarni “ishonchlilik va halollik” bilan harakat qiluvchilar deb ta’riflaydi; (IBO, 2009).

● plagiat va adolatsiz akademik amaliyot tushunchasini aniqlaydi;

● akademik halollik mezonlari buzilgan taqdirda o‘qituvchilar va ma’muriyatning xatti-harakatlarini tartibga soladi.

2.  Akademik mas’uliyatsizlik belgilari :


Akademik mas’uliyatsizlik o‘quvchilarning bir yoki bir nechta baholash komponentlarida adolatsiz ustunlikka ega bo‘lishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlaridir. Bunga quyidagilar kiradi:

Plagiat: bu boshqa shaxsning g‘oyalari, so‘zlari yoki ishini to‘g‘ri va aniq e’tirof etmasdan, qasddan yoki istamagan holda o‘z nomidan qo‘llash sifatida ta’riflanadi.

O‘zaro til biriktirish: boshqa nomzodning noto‘g‘ri xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash, masalan, o‘z ishini akademik hamjamiyatning boshqa a’zosi tomonidan ko‘chirib olish yoki baholash uchun topshirishga ruxsat berish.

Ko‘chirmachilik : turli baholash komponentlari yoki o‘quv dasturi komponentlari uchun bir xil ishni topshirish.

• Talaba uchun nohaq ustunlikka erishadigan yoki boshqa o‘quvchining natijalariga ta’sir qiladigan har qanday boshqa xatti-harakatlar.

3. O‘zaro kelishuv  va qonuniy hamkorlikni farqlash :

Xalqaro bakalavriat tashkiloti (IBO, 2009) taʼkidlaganidek, “Hamkorlik umumiy maqsadda umumiy maʼlumotga ega boʻlgan holda hamkorlikda ishlash sifatida aniq taʼriflanadi, bu ochiq va hamkorlikka asoslangan xulq-atvor boʻlib, boshqasi tomonidan baholash uchun “birovning ishidan nusxa koʻchirish yoki ko‘chirilgan nusxani topshirishga imkon bermaydi” (IBO, 2009; Gdynia Gymnasium, n.d.). Aks holda maqsadli o‘zaro kelishuv holati yuzaga kelgan deb hisoblanadi.

4. Akademik halollik bilan bog‘liq majburiyatlar:

Akademik halollik mezonlarini to‘liq amalga oshirilishi va har bir o‘quvchi uning muhimligini anglashi uchun Akademik halollik me’yorlariga rioya qilgan holda, maktab hamjamiyatiga tegishli bo‘lgan majburiyatlar quyida keltirilgan:

O‘quvchilarning majburiyatlari:

● dastur va baholashdagi ishtiroki davomida mas’uliyatli va axloqiy me’yorlar asosida  harakat qilishlari;

● har qanday akademik insofsizlik va adolatsiz ishlash afzalliklaridan qochish;

● 5-bo‘limda ko‘rsatilgan yoshga mos keladigan va qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan xatti-harakat normalariga rioya qilish;

● IB Ta’lim oluvchi profiliga, xususan, qat’iyatlilik talablariga amal qilish;

Insof va halollik, adolat va haqqoniylik  tuyg‘usi bilan har qanday joyda odamlarning qadr-qimmati va huquqlarini hurmat qilgan holda harakat qilish; (IBO, 2014)

O‘z harakatlari va uning oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish kiradi (IBO, 2014).

Ota-onalar yoki vasiylarning majburiyatlari:

● o‘z farzandlarini aldov, plagiat va qalbakilashtirishdan saqlanishda qo‘llab-quvvatlash va yordam berish hamda akademik halollik muhimligini tushuntirgan holda  topshiriqlarni o‘z vaqtida topshirtirish;

● maqbul va nomaqbul xatti-harakatlar misollarini muhokama qilish orqali Akademik halollik mezonlariga hurmat namunasini ko‘rsatish;

● muddatidan oldin ishni tugatgan farzandlarini maqtash va o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashish;

● bolalarini Formativ va Summativ baholashga tayyorlanish jarayonida oldindan reja bilan ish ko‘rishga undash kiradi.

Maktab majburiyatlari:

● o‘quvchilarga akademik halollik mezonlarini bosqichma-bosqich shakllantirish imkonini beradigan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqish;

● o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ma‘muriyatni qo‘llab-quvvatlash va treninglar tashkil qilish;

● o‘quvchilarning yosh darajasiga mos keladigan akademik halollikning asosiy mezonlariga rioya qilishlarini ta’minlash;

● maktab hamjamiyatining barcha a’zolari akademik halollik qiymati va tushunchasini anglab yetishlarini ta’minlash;

● e‘tiborsizlikning oldini olish, aniqlash va tekshirish bo‘yicha qoidalar va ko‘rsatmalarni maktab jamoasining barcha a’zolariga yetkazish.

O‘qituvchilarning majburiyatlari:

● IBO Akademik halollik mezonlari hujjatlari bilan tanishib chiqish;

● akademik halollikning muhimligini ta’kidlab, o‘z fani doirasida unga amal qilmaslikning oldini olish;

● o‘quvchilarga topshiriqlarini  tegishli talablarga muvofiqligini ta’minlashga va baholashga tayyorlashda yordam berish;

● o‘quvchilarni intellektual mulkni hurmat qilishga o‘rgatish;

● akademik halollik o‘quvchilar va ota-onalar uchun aniq atamalarda nimani anglatishini tushuntirish;

● o‘quvchilarni havolalar va iqtiboslar qoidalari bilan tanishtirish, shuningdek, ularni mashq qildirish;

● o‘quvchilarni o‘z fikrlarini ifoda etishga va o‘z ishlarini  yaratishga undash;

● baholash uchun taqdim etilgan o‘quvchilarning ishlari haqiqatdan ularning aynan o‘zlariga tegishli ekanligini  imkoni boricha aniqlab olishlari;

● maktab va IBOning akademik halollik mezonini qo‘llab-quvvatlash va ularga amal qilish;

● o‘quvchilarga namunali akademik amaliyotlar bo‘yicha maslahatlar berish va bir vaqtning o‘zida bunday amaliyotlarni o‘zlari ham  amalga oshirishlari kerak.

4.1 Akademik halollikni qo‘llab-quvvatlash uchun manbalar :

MAKSS IB Ta’lim oluvchining qat’iyatlilik profiliga muvofiq, xarakterga xos xususiyat sifatida akademik halollikni targ‘ib qiladi. Maktab ushbu maqsadga erishish uchun bir qator usullardan foydalanadi, jumladan:

• maktab mezoni bilan tanishtirish va tez-tez eslatib turish;

• MAKSS veb-saytida maktab mezonini e’lon qilish;

• o‘quvchilar qo‘llanmasida maktab mezoniga sharh berish;

• o‘qituvchilar uchun akademik e’tiborsizlikni yuzaga keltiruvchi holatlarini aniqlash va tekshirish bo‘yicha treninglar tashkil qilish;

• barcha sinflarda izoh va iqtibos keltirish ko‘nikmalarini kiritish;

• iqtibos va izoh keltirish uchun PURU va boshqa veb-saytlarga havola berish.

5. MYP ko‘rsatmalari :

Akademik jihatdan halol bo‘lga MYP o‘quvchisiga

MumkinMumkin emas
•  fanlar bo‘yicha qaydlarini to‘g‘ri saqlash va yuritish; • maktabning akademik halollikka oid mezonini tushunish va ularga rioya qilish;  • mos havola formatida boshqa manba/sayt/va hokazo yordamni tan olish; • qanday tashqi yordam joiz ekanligini oldindan so‘rab olish; • iqtibos keltirish uchun MAKSS konventsiyasidan va bibliografiyadan foydalanishni bilish; • barcha formativ va summativ baholash qoidalariga rioya qilish;  • o‘zaro kelishuv va hamkorlik qilish bular har xil tushuncha ekanligini va hamkorlikka ruxsat berilishini tushunish.• boshqa o‘quvchining  ishini ko‘chirib olish; • boshqa o‘quvchiga  o‘z ishini ko‘chirish uchun ruxsat berish; • boshqa o‘quvchining  uy vazifasini bajarish; • boshqa o‘quvchi, ota-ona, do‘st yoki repetitor tomonidan bajarilgan ishlarni o‘ziniki sifatida topshirish; • agar o‘qituvchi ruxsat bermasa yoki formativ va summativ baholash qoidalari bo‘lmasa, test paytida eslatmalardan foydalanish; • adolatsiz va insofsiz ustunlikka ega bo‘lishlariga yordam berish uchun texnik qurilmalardan foydalanish; • baholash va imtihonlarda yordam berish uchun o‘z shaxsiy ma’lumotlarini yashirish.

5.1 Mualliflikni tan olish uchun konventsiyalarga misollar

MAKSS iqtiboslar va havolalar uchun APA 7 konventsiyalariga amal qiladi. APA uslubidan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar va misollarni APA yoki koʻplab veb-saytlaridan, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident universiteti saytining resurslar boʻlimidan olish mumkin.

Jurnal maqolasi uchun  havola namunasi :

Edwards, A. A., Steacy, L. M., Siegelman, N., Rigobon, V. M., Kearns, D. M., Rueckl, J. G., & Compton, D. L. (2022). Unpacking the unique relationship between set for variability and word reading development: Examining word- and child-level predictors of performance. Journal of Educational Psychology, 114(6), 1242–1256. https://doi.org/10.1037/edu0000696

Matn ichida beriladigan iqtibosga misol:

Edvards va boshqalarga ko‘ra (2022) test vositasi va talaba natijasi o‘rtasida statistik jihatdan muhim bog‘liqlik mavjud.

6. MYPda akademik e’tiborsizlikning oqibatlari :

Agar o‘quvchi akademik xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, o‘qituvchi direktor o‘rinbosariga yozma murojaat qiladi va akademik e’tiborsizlikning dalili sifatida o‘quvchilarning tegishli ishlarini ilova qiladi. Direktor o‘rinbosari taqdim etilgan dalillar va qo‘llab-quvvatlovchi materiallar asosida ushbu masala bo‘yicha to‘liq va xolis tekshiruv olib boradi. Akademik xatolar tasdiqlansa, jazo choralari qo‘llaniladi. Direktor o‘rinbosari ota-onalarni tekshirish natijalari haqida xabardor qiladi va quyidagi choralar ko‘riladi:

1-marta sodir etilsa:

● O‘qituvchi direktor o‘rinbosariga voqea haqida yozma ravishda xabar beradi;

● O‘qituvchi tomonidan kelajakdagi akademik xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘quvchiga  yordam va ko‘rsatmalar beriladi;

● O‘quvchi bir xil baholash mezonlarini qamrab oluvchi boshqa topshiriq oladi;

● Ota-onalar akademik e’tiborsizlik oqibatlari haqida ogohlantirish xati oladilar.

2-marta sodir etilsa:

● O‘qituvchi direktor o‘rinbosariga voqea haqida yozma ravishda xabar beradi;

● O‘quvchi ishni  qayta topshira olmaydi;

● Direktor o‘rinbosari o‘quvchi, ota-onalar va o‘qituvchi bilan uchrashadi.

3-marta sodir etilsa:

● O‘qituvchi direktor o‘rinbosariga voqea haqida yozma ravishda xabar beradi;

● O‘quvchi ishni qayta topshira olmaydi;

● Direktor o‘rinbosari va maktab rahbari MMTV mezonlariga muvofiq keyingi harakatlar to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun o‘quvchi, ota-onalar va o‘qituvchi bilan uchrashadi.

7. Akademik halollik mezonlarini ko‘rib chiqish va muloqot jarayoni:

1. Ushbu akademik halollik mezonlarini ko‘rib chiqish quyidagi shartlarga bog‘liq: ko‘rib chiqish har ikki yilda bir marta yoki IB mezoni/shartlariga o‘zgartirishlar kiritilganda yoki kerak bo‘lganda amalga oshiriladi.

2. Maktab ma’muriyati akademik halollik mezonlarini ko‘rib chiqadi yoki qayta ko‘rib chiqadi.

3. Yetakchi o‘qituvchilar o‘z navbatida uni muhokama qilish va fikr-mulohaza yuritish uchun tegishli bo‘limga olib boradilar.

4. Qayta ko‘rib chiqilgan akademik halollik mezonlari (IBO yo‘riqnomalariga mos keladi) maktab ma’muriyati tomonidan tasdiqlanadi va yakunlanadi.

5. Ushbu hujjatning so‘nggi nusxasini maktab veb-saytidan yuklab olish mumkin.

Yangilangan manbalar (2023-yil oktabr)

Ushbu mezon  hujjatini yangilash jarayonida quyidagi manbalarga murojaat qilindi:

1. International Baccalaureate Organization (2014) Effective citing and referencing
2. International Baccalaureate Organization (2014) Academic honesty in the IB educational context
3. International Baccalaureate Organization (n.d.) Academic honesty in the Middle Years Programme (e-brochure)
4. International School of Astana (2017) Academic Honesty Policy

5. https://apastyle.apa.org/instructional-aids/reference-examples.pdf