Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabiga qabul, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PQ 3274-sonli qaroriga asosan 5-sinfdan boshlab, imtihon asosida amalga oshiriladi.
O‘quvchilarning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar quyidagi talablarni bajarishi shart:
– ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘quvchining ID ko‘rsatib yuborilgan SMS xabarni qabul qiluvchi telefon raqamni aniq ko‘rsatilishi;
– veb-ilova orqali uydan yoki infrastruktura mavjud bo‘lgan istalgan joydan o‘quvchi imtihonga qatnasha olishi uchun Internet tarmog‘i bo‘lgan hamda ZOOM ilovasi o‘rnatilgan kompyuter yoki planshet yoki smartfon bilan ta’minlashi;
– o‘quvchiga tarmoq orqali sinovlarda qatnashishga tayyorlashi.
Ixtisoslashtirilgan maktabga saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjatlar davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tartibli bosqichdagi sinflarini muvaffaqiyatli “4” va “5” baholariga tamomlagan o‘quvchilardan qabul qilinadi.
O‘quvchining taqdim etgan hujjatlari haqqoniyligi va farzandining sinovlarda shaffof ishtirokini taʼminlash ota-ona zimmasiga yuklatiladi.
O’quv yili | Hujjat topshirish muddati | Imtihon kuni |
---|---|---|
2020/2021 | 10-sentabrdan 20-sentabrgacha | 25-sentabrdan 9-oktabrgacha |
1. O‘quvchining tug‘ilganligi haqida guvohnoma (pdf-10Mb oshmagan holatda).
2. 2019-2020 o‘quv yilini “4”va “5” baholarga bitirganligini tasdiqlovchi o‘quvchining tabeli. Maktab direktori tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak (pdf-10Mb oshmagan holatda).
3. 3/4 Rasm (jpg/png/jpeg-formatida).
Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Mahtumquli ko’chasi
Call-Center: 1206
(Ish vaqti 08:00dan – 20:00gacha)