Yangiliklar

Category

Bugun Agentligimiz tomonidan tashkil etilgan 56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda Mendeleyev olimpiadasi tashkiliy qo’mitasi raisi, V.M.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti kimyo fakulteti dekani, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi Stepan Kalmikov,Hakamlar hay’ati va uslubiy komissiya raisi Valentin Nenaydenko, “Uzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi Jo’rabek Mirzamahmudov va olimpiada ishtirokchilari qatnashishdi. Ochilish marosimi ko’tarinki ruhda...
Read More
Bugungi zamon yangilik va innovatsiyalarga asoslangani sababli IT sohaga ko‘proq ayollar va qizlarni jalb qilish dolzarb ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya, va strategiya” markazi hamda Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu forum muhokamada davomida spikerlar aynan shu mavzuni keng qamrab oluvchi mulohazalar, yaʼni gender tenglikni taʼminlash, o‘zgalar fikri va...
Read More
Xabar berganimizdek, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o’quvchilari Italiyaning Rim shahrida bo’lib turishibdi . O’quvchilar “Diplomacy education” dasturi doirasida O’zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi elchixonasida bo’lishdi. Elchixonadagi uchrashuvlar davomida ular 4 ta guruhga bo’linib, BMT modeli tarzida tashkil etilgan 4 ta qo’mita – WFP, UNESCO, UNICEF va UNSC yig’ilishlarida ishtirok etishdi. Yig’ilishlar quyidagi mavzularda bo’lib...
Read More
Xabaringiz bor, Agentlik tizimidagi o’quvchilar “Diplomacy Education” dasturida ishtirok etishmoqda. Bugun mazkur dasturda g’olib bo’lgan 10 nafar o’quvchi Italiyaga yo’l olishdi. Ular dastur doirasida:Italiya Tashqi ishlar vazirligi faoliyati bilan tanishish; rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etish; Italiyaning Rim va Vatikan shaharlaridagi tarixiy maskanlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
Read More
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari “Mirzo Ulug’bek vorislari” Respublika tanlovining Toshkent shahar bosqichida loyihalarini taqdim qilib, Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-05 sinf o’quvchisi Yo’ldoshev Dilmurod maktabimizning “Infinity team ” tadqiqotchi guruhi bilan yasagan “Air-Dust” loyihasi bilan va...
Read More
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida o’quvchilar o’rtasida “TECHNOFEST AL-KHWARIZMI” va “INVEST IN OUR FUTURE” tanlovlari nihoyalab, natijalar e’lon qilindi. “Invest in our future” tanlovi ekologik loyiha hisoblanib, unda 5-6-sinf o’quvchilari ishtirok etdilar va o’z loyihalari taqdimotini qildilar. Loyihalar rasm, prezentatsiya, qurilma va ixtiro ko’rinishida taqdim qilindi. Natijalarga ko’ra: 1-o’ringa “Shamol generatori”...
Read More
2022-yil 29-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurishdi. Atoqli adiblarning haykallari qad ko’targan xiyobonni aylanib, Muhammad Yusuf haykali poyida “Adabiyot – xalqning yuragi” shiori ostida shoir ijodiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy va adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari: O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, adib Sobir O‘nar, shoir Fozil Farhod, Bekpolat...
Read More
Uchrashuv davomida mutaxassislar ishtirokida seminar o’tkazildi. Ushbu seminar O’zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik xizmati va O’zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi o’rtasida imzolangan “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga tatbiq etish to‘g‘risida”gi Qo’shma qaror doirasida o’tkazildi. Unda Agentlik tizimidagi...
Read More
2022-yil 25-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab o’quvchilari O’ZTELEKOM aksiyadorlik jamiyatiga ekskursiya uyushtirishdi. O’quvchilarimiz jamiyat raisi va AKT mutaxassislari hamrohligida jamiyat faoliyati bilan tanishdilar. Jamiyat strukturasini o’rganish chog’ida o’quvchilar serverlar hamda ularni boshqarish tizimi haqida ham ma’lumotga ega bo’ldilar. O’quvchilar sayohat davomida axborot texnologiyalari sohasi bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, bir-biriga yaqin...
Read More
✔️Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi To’lqinov Abdulloh xalqaro IELTS sertifikatiga ega bo’ldi. ❗️Quvonarlisi shundaki, o’quvchilarimizning ilm olishga bo’lgan ishtiyoqi ortgan sari natijalar ham yuksalmoqda. Iqtidorli o’quvchilarimizdan bo’lgan Abdullohning xalqaro IELTS dan 8 ball natijani qo’lga kiritgani fikrimizni isbotlaydi. 🌐E’tirof etish kerak, Abdulloh nafaqat o’z ustida mehnat qiladi, balki,...
Read More
1 2 3 4 9