Maktab yutuqlari

Olimpiada g'oliblari

2018-2019 o‘quv yilida o‘tkazilgan fan olimpiyadalarida ko‘plab o‘quvchilar ishtirok etishib sovrinli o‘rinlarni egallashdi. Maktab fizika, matematika, informatika, ingliz tili fanlariga ixtisoslashtirilganligi sababli, olimpiadaning maktab bosqichida 1- o‘rinni egallagan  o‘quvchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri uchinchi(shahar) bosqichida ishtirok etdilar. Uchinchi bosqich Toshkent shahridagi Olmazor tumanidagi 228-maktabda bo‘lib o‘tdi. Unda matematika fanidan 11-“A”sinf o‘quvchisi Abdullaev Laziz 1-o‘rin, Norboev Shohruh 2- o‘rin, fizika fanidan 9-“A” sinf o‘quvchisi Mustafaev Umid 3-o‘rin, 11-“A” sinf o‘quvchisi Axrorov Asadbek 4-o‘rinni egalladilar.

Fan olimpiadasining shahar bosqichida matematika fanidan birinchi o‘rinni olgan 11-“A” sinf o‘quvchisi Abdullaev Laziz olimpiadaning Respublika bosqichiga  matematika fanidan yo‘llanma oldi.

Yutuqlar

2019 yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tgan Technovation Girls 2019 tanlovida al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 33 nafar o‘quvchi qizlari faol ishtirok etishdi. Ular tashkil etgan 9 jamoa o‘z loyihalari va biznes g‘oyalari bilan qatnashdilar. Shu jamoalardan 2 nafari ya’ni 10-14 yoshdagilar ichidan Origami,  15-18 yoshdagilar orasidan  Bibikhanum jamoalari dunyo miqyosida yarim finalga chiqib, chet ellik hakamlar e’tirofiga sazovor bo‘lishdi.

Birinchi qaldirg'ochlar

2018-2019 o‘quv yili maktabning 1-qaldirg‘ochlari 11-sinfni 23 nafar o‘quvchilar tamomlab, ulardan 19 nafari mahalliy va xorijiy davlat universitetlarga o‘qishga kirishdi.

Technovation Girls

2019 yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tgan Technovation Girls 2019 tanlovida al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 33 nafar o‘quvchi qizlari faol ishtirok etishdi. Ular tashkil etgan 9 jamoa o‘z loyihalari va biznes g‘oyalari bilan qatnashdilar. Shu jamoalardan 2 nafari ya’ni 10-14 yoshdagilar ichidan Origami,  15-18 yoshdagilar orasidan  Bibikhanum jamoalari dunyo miqyosida yarim finalga chiqib, chet ellik hakamlar e’tirofiga sazovor bo‘lishdi.

FinTech & VR

Oʼzbekiston Respublikasi TIF Milliy banki qoʼllab-quvvatlashi va tijorat banklari, moliya texnologiya kompaniyalari hamda taʼlim muassasalari hamkorligida Bank-moliya akademiyasi tomonidan AT sohasiga qiziquvchi yoshlar oʼrtasida oʼtkazilgan “FinTech & VR” Xakatonida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari sovrinli o’rinlarni olishdi.

Abduhalilov Mirzoxid, Dilbek Alimurodov, Shokirov Muhammadiyor, Vahobboyev Abdurahmon, Sarvarbek Sayfitdinov qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandilar va eng asosiysi – Аvstraliya, АQSh, Germaniya, Rossiya va Qozogʼiston mentorlari ishtirokida 3 oylik Аkseleratsiya dasturida bepul ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritishdi.