OLIMPIADALAR

Mastery of Mathematics

2020 yil 16-fevral kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi IT maktabida “Mastery of Mathematics” 12 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan yoshlar uchun matematika bo’yicha musobaqa bo’lib o’tadi.

?Musobaqa natijasiga ko’ra eng yuqori ko’rsatgichli 5 nafar o’quvchi UzMIA tomonidan tashkillashtirilgan Xalqaro olimpiadalarga (IMO,IMC va boshqalar) tayyorgarlik kursiga 100%lik grantga ega bo’ladilar, qolgan ishtirokchilar esa imtiyozli ravishda to’lov asosida o’qishga qabul qilinadilar.

Xalqaro olimpiada tayyorlov kursi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi, O’zbekiston Matematiklari va Informatika Assotsiatsiyasi hamkorligidagi “Xalqaro olimpiada tayyorlov kurs”lari start olmoqda! Maxsus kursning ilk darsi ? 21-fevral (Juma) kuni bo’lib o’tadi.

?Eslatib o’tamiz, “Mastery of Mathematics” musobaqa g’oliblari ushbu kursga bepul yo’llanma yutib olganlar, top-15 ishtirokchilar esa turli chegirmalarga egalar.

Masofaviy Matematika 2020!

Matematika bo’yicha yangi iqtidorlarni kashf etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda matematika faniga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida O’zbekiston Yoshlar ittifoqi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi hamda O’zbekiston Matematiklari va Informatika Assotsiatsiyasi birgalikda karantin davrida yoshlarimizga ajoyib imkoniyat taqdim etadi.

?28-aprel kuni soat 10:00 da “Masofaviy ta’lim” telegram kanalida 9-10-11-sinf o’quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Masofaviy Matematika 2020” olimpiadasi bo’lib o’tadi.

?Ro’yxatdan o’tish muddati: 27-aprel soat 19:00 gacha.

?Musobaqa natijasiga ko’ra har ikkala toifadan ham eng yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan 3 nafar g’olib Yoshlar ittifoqi tomonidan ajratilgan pul mukofotlarini qo’lga kiritishi mumkin.