1-bosqich imtihon jarayoni test.ictschool.uz veb sayti orqali bo’lib o’tadi. Avvalo, o’quvchi imtihonda ishtirok etish uchun o’z yoki ota-onasining mobil qurilmasiga ZOOM ilovasini yuklab olishi zarur. Shuningdek, SMS tarzida taqdim etilgan ZOOM manzilga imtihon boshlanishidan 15 daqiqa oldin kirish talab etiladi.
Talablar:
Baholash mezoni
1-bosqich natijalariga ko‘ra, qabul kvotasining 1/3 nisbatida (bir o’ringa uch o’quvchi soni bilan) yuqori natija (70balldan kam bo’lmagan)ga ega bo’lgan o’quvchilarga ikkinchi bosqich imtihonida ishtirok etish imkoniyati beriladi. Natija ko’rsatkichi 70 balldan kam bo’lgan o’quvchilar (1/3 nisbatdagi o’quvchilar ro’yxatiga tushgan bo’lsa ham) 2-bosqich imtihoniga qo’yilmaydi.
1-bosqich imtihon javoblarini baholash mezoni:
5-6-sinflar uchun
Matematika: 20 ta savol (70%) har bir to‘g‘ri javob 3,5 ball
Ingliz tili: 20 ta savol (30%) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball
7-8-9-sinflar uchun
Matematika: 20 ta savol (70%) har bir to‘g‘ri javob 3,5 ball
Fizika: 10 ta savol (15%) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball
Ingliz tili: 10 ta savol (15%) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball
Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra bir xil natija ko‘rsatgan o‘quvchilar soni qabul kvotasining 1/3 nisbatidan oshib ketsa, o‘quvchilarning olgan natijalariga quyidagi mezonlar asosida qo‘shimcha ballar qo‘shish orqali saralanadi: